15 noy 17:08
Yangiliklar
"Xabib faoliyatini yakunlayotganida unga qo'limdan kelgan barcha narsani taklif qilganman" - Dana Uayt
"Xabib hech qachon qaytmaydi. Ishoning, u faoliyatini yakunlayotganida unga qo'limdan kelgan barcha narsani taklif qilganman. Yana bir jang o'tkazishga yoki faoliyatini davom ettirishga ko'ndirishga harakat qilganman. Ammo u bunga xohish bildirmadi. Korme bilan ham xuddi shunday holat bo'lgan.
Endi men umuman bunday narsalar haqida o'ylamayman. Taxminiy janglarni yomon ko'raman. Menga aynan hozir, shu erda amalga oshishi mumkin bo'lgan voqealar yoqadi", — dedi Uayt.
Xabibning MMAdagi hisobida 29 ta jang va 29 ta g'alaba bor. Ushbu g'alabalarning 19 tasi muddatidan oldin yakunlangan. 2018 yil aprel oyida Xabib UFC'ning engil vazn toifasida chempioniga aylangan va keyinchalik chempionlik kamarini uch marta himoya qilgan.
Xabib 2020 yil 24 oktyabr kuni Jastin Getji ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar