15 noy 10:06
Yangiliklar
CHempion Kayla Xarrisonning sobiq ikki kamar egasi Amanda Nunesga qarshi jangi muddatidan avval yakunlandi
Ayollar o'rtasida engil vazn toifasida tashkil etilgan jangda amaldagi chempion amerikalik Kayla Xarrison ikki vaznda sobiq UFC chempioni braziliyalik Amanda Nunesga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jangning to'rtinchi raundida Xarrison nomdor raqibasini bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi va o'z chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Malumot uchun, 36 yoshli Kayla Xarrison dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada (2012 va 2016 yillarda) chempioni hisoblanadi. 2010 yilda jahon chempioni ham bo'lgan. 2018 yildan beri professional MMAda faoliyatini olib borayotgan Kayla hisobida 19 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
Bugungi raqibasidan ikki yoshga katta bo'lgan Amanda Nunes professional aralash jang sanatlarida 2008 yilda debyut qilgan. Hisobida 24 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Ikki vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan.

Fikrlar