15 noy 07:21
Yangiliklar
Merab Dvalishvili g'alabasidan so'ng Nurmagomedov uchun murojaat qildi
SHundan so'ng, gruziyalik jangchi barcha hibsga olinganlarni, shu jumladan, jangni boshlab bergan Usman Nurmagomedovni ham ozod qilishni so'rab, hokimiyatga murojaat qildi.
"Hammaga rahmat, hammangizni yaxshi ko'raman! Eshiting, agar iloji bo'lsa, Abu-Dabi hukumatiga yoki bunga tasir qila oladigan har kimga murojaat qilmoqchiman. Iltimos, bu yigitlarni ozod qiling, iltimos, ularni qo'yib yuboring. Sizdan juda iltimos qilaman! Biz shunchaki jangchimiz va har narsa bo'lishi mumkin, lekin men ularning ozod qilinishini juda xohlayman. Iltimos", - dedi Dvalishvili jangdan keyin CHel Sonnen bilan suhbatda.
SHu bilan birga, sobiq UFC chempioni jangdan biroz oldin bergan intervyusida Umar Nurmagomedov ham hibsga olinganlar orasida ekanligini, garchi u voqea joyiga jangdan keyin kelgan bo'lsa-da, malum qilgandi.
Kecha malum bo'lishicha, Rossiya jamoasining olti nafar vakili va hodisani videoga olgan ikki kishi olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, Merab Dvalishvili va uning do'sti Saba Lazishvili esa jarimalar evaziga ozod qilingan edi.

Fikrlar