So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

14 noy 10:17
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Sakkizta medalga ega O'zbekiston delegaciyasi IV Yoshlar yozgi Olimpiya o'yinlarida nechanchi o'rinni egalladi?

Senegal poytaxti Dakar shahri mezbonlik qilgan va o'z tarixida to'rtinchi bor tashkil etilgan yoshlar o'rtasidagi Yozgi Olimpiada o'z yakuniga etdi.

Mazkur nufuzli kompleks musobaqada O'zbekiston delegaciyasi 11 ta sport turida 19 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Yakunda O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 204 ishtirokchi davlati orasida roppa-rosa 20-o'rinni egalladi. Biz singari 2 nafari chempioni bor Ispaniya hamda Xitoy Taypeyi terma jamoalari kumush va bronza medallari hisobiga mos ravishda 18 va 19-o'rinlarni band etishdi.   

Delegaciyamizga oltin medallarni bokschilarimiz Sabrina CHakomanova (-54 kg) va Rushanabonu Isoeva (-60 kg) taqdim etishdi. 

Taqqoslash uchun, O'zbekiston 2018 yil Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o'tgan III Yoshlar yozgi Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 206 davlat orasida 12-o'rinni egallagan edi. 

Tashkiliy qo'mita barcha davlatlarga juda kam kvotalar taqdim etgani bois, Olimpiya o'yinlarida mamlakatlar ixcham tarkib bilan qatnashdi. Masalan, dzyudo musobaqasida bor yo'g'i bir nafar hamyurtimiz tatamiga chiqdi. Boisi, bizga boshqalar singari aynan bittagina kvota taqdim etilgan edi. 


IV Yoshlar yozgi Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari:

Oltin medallar

Boks: Sabrina CHakomanova (-54 kg), Rushanabonu Isoeva (-60 kg).


Kumush medallar

Uchxatlab sakrash (engil atletika): SHahzodbek Xolmurodov 

Nayza uloqtirish (engil atletika): Parizoda Talabova 

Dzyudo: Jo'rabek Eshpo'latov (-100 kg) 

Taekvondo: Asadbek Samandarov (-55 kg).


Bronza medallar

Qilichbozlik (sablya): Nargiza Utebaeva 

Suzish (200 metrga brass): Muhammadismoil Rahmonov 


IV Yoshlar yozgi Olimpiya o'yinlarida kutilganidek, Xitoy sport delegaciyasi 18 ta oltin, 8 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Yaponiya 11 ta oltin, 8 ta kumush, 9 ta bronza bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka 8 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Rossiya sport delegaciyasi yakun yasab berdi. 

Top-10`talikdan Misr (6 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza), Efiopiya (5-3-0), Senegal (5-0-7), Franciya (4-5-4), Keniya (4-2-0), JAR (3-5-3) va Xorvatiya (3-4-0) terma jamoalari joy oldi.  

Qiziq tomoni shundaki, jami 61 davlat delegaciyalari kamida 1 ta Olimpiada oltin medaliga ega chiqdi. Bu kvotalarning kamligi bilan bog'liq holat. 204 davlatdan 99 tasi kamida 1 ta bronza medalini rasmiylashtirdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing