13 noy 19:25
Yangiliklar
Futbol
Kerrik MYUdan xafa va rahbariyatdan ranjigan - The Telegraph
Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilganidan ranjigan va klub rahbariyatidan xafa, deb xabar beradi The Telegraph.
Avvalroq klub mutaxassisning istefoga chiqarilganini rasmiy saytida elon qilgan edi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati voqealar rivojini hisobga olgan holda, Kerrikning bunday xafagarchiligi va noroziligi sabablarini yaxshi tushunadi. Klub yuzaga kelgan vaziyatdan afsusda, biroq rahbariyat iloji boricha shaffof tarzda va belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq harakat qilishga harakat qilgani takidlanadi.
Angliya chempionatida 10 ta o'yin o'tkazgan "Manchester Yunayted" sakkiz ochko jamg'arib, turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Fikrlar