13 noy 14:46
Yangiliklar
Lyuis Xemilton G'azo sektori chegarasiga bordi (FOTO)
So'nggi uch yil davomida Isroil tomonidan G'azoda sodir etilayotgan genocid dahshatga soladi. Odamlarning erkinligi, xavfsizligi va insoniy qadr-qimmatidan mahrum etilishi adolatsizlikdir. Ochiq osmon ostidagi qamoqxonadek tuyuladigan bu joyning tashqarisida turar ekanman, faqat bir narsa haqida o'yladim — qanday qilib ichkariga kirish va yordam berish.
Rafah nazorat-o'tkazish punktida oziq-ovqat ortilgan yuk mashinalari navbatini ko'rdim, lekin ular muntazam ravishda o'tkazilmaydi yoki uzoq vaqt ushlab turiladi. Men gaplashgan birinchi haydovchi 12 soatdan ortiq vaqtdan beri yo'l ochilishini kutayotgandi. Logistika markazida esa uxlash qoplari, birinchi tibbiy yordam qutilari, tibbiy asbob-uskunalar, nogironlar aravachalari va hatto bolalar futbol to'plari ham mutlaqo aqlga sig'maydigan sabablar bilan ortga qaytarilayotganiga guvoh bo'ldim.
Isroil o't ochishni to'xtatish kelishuvi shartlariga rioya qilishi va gumanitar yordam yuk mashinalarini o'tkazishi shart. Hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas. Men ularning azob-uqubatlariga ko'nikib qolishimizni va bundan ko'z yumishimizni istamayman, – deb yozdi Formula-1'ning etti karra chempioni.

Fikrlar