So’nggi yangiliklar

13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0

13 noy 13:13
Yangiliklar

Futbol

Irismetov Rossiyaning o'yini haqida: "Ular ko'proq ispanlarga o'xshab qolibdi"

O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Jafar Irismetov Rossiya bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvidagi (2:3) mag'lubiyatdan so'ng raqib o'yinida uni nima hayron qoldirgani haqida gapirdi.

"O'ylashimcha, o'yin natijasi adolatli. Rossiyaning klassi ko'rinib turdi. O'zbekiston uchrashuvni yaxshi boshladi. Asosiy burilish pallasi — o'zgarishlar boshlangan vaqt bo'ldi. Qolaversa, milliy jamoamiz tarkibi tajribaviy edi. Ko'plab yangi nomlar, yoshlar maydonga tushdi, menimcha, Kannavaro futbolchilarni ko'zdan kechirib olishi kerak edi.

Agar xuddi shunday o'ynab, bir-ikkita o'zgarish bilan qaerdadir himoyaga yotganimizda ham bo'lardi... Ammo hujumkor futbol namoyish etishga qaror qildik va bu o'xshamadi. Biz, muxlislar uchun o'yin tomoshabop kechdi. Beshta gol ko'rdik, buning ustiga Rossiyani anchadan beri ko'rmagan edim, ular iliq taassurot qoldirishdi.

Raqib tarkibida Tyukavinni ajratib ko'rsatish mumkin — u chakki harakat qilmadi, Batrakov bugun biroz o'z darajasida emasdi, biroq baribir mahorati bilinib turibdi.

Meni Rossiyaning ko'proq ispanlarga o'xshab qolgani hayron qoldirdi. Ularning bo'yi past, tezkor, paslar orqali harakat qilishmoqda. Bo'ydor o'yinchilarning kamligi ajablantirdi. Faqat ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Komlichenko biroz bo'ydorroq edi.

Agar Rossiyani Evropa maydonlariga qaytarishsa, qita chempionatiga chiqa olishgan bo'larmidi? Evroga yo'llanma olishardi, biroq qanday guruh tushishiga ham ko'p narsa bog'liq. Qolaversa, ular xalqaro turnirlarda anchadan beri o'ynashgani yo'q, shu bois hozirgi o'yiniga qarab biror nima deyish qiyin. Ammo, menimcha, Evropa va jahon chempionatlariga chiqa olishgan bo'lardi.

Rossiya o'yin uslubini biroz o'zgartiribdi, yuqorida takidlaganimdek — qisqa va o'rtacha paslar ko'p, uzun uzatmalar esa kam. Ular yaxshi futbol ko'rsatib, ijobiy taassurot qoldirishdi.

Bu biz uchun ham juda foydali bahs bo'ldi — kim qanday holatda ekanligini ko'rib oldik. O'ylashimcha, agar O'zbekiston asosiy tarkibda harakat qilganida, bundan ham kuchliroq o'yin namoyish etgan bo'lardik. Keyingi bahslarda Rossiyaga omad tilayman", — dedi "Spartak"ning sobiq futbolchisi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing