13 noy 08:34
Yangiliklar
Nurmagomedov va Dvalishvili Abu-Dabida nazorat ostida qolmoqda
Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani malum qildi.
"Mendagi malumotlarga ko'ra, kechagi ommaviy mushtlashuvdan deyarli 24 soat o'tgach, voqeaning barcha ishtirokchilari, jumladan, Merab va uning do'sti Saba hamon mahalliy policiya mahkamasida", - deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Merab Dvalishvilining Usman Nurmagomedovdan olgan shapalog'i bilan boshlangan ommaviy mushtlashuvda 21 yoshli gruziyalik kurashchi Saba Lazishvili, rossiyalik jangchilar Tagir Ulanbekov va Amru Magomedov ham ishtirok etgan.
Merab Dvalishvili ertaga Abu-Dabida bo'lib o'tadigan RAF turnirida ishtirok etishi va sobiq raqibi braziliyalik Marlon Moraes bilan gilamni bo'lishib olishi kerak edi.

Fikrlar