12 noy 15:28
Yangiliklar
WBC reytingi yangilandi: O'zbek bokschilarining o'rni qanday?
Tashkilot boshqalardan farqli ravishda Top-40 reytingni taqdim etadi. Bu safar ham dunyoning eng nufuzli yo'nalishi hisoblangan WBC versiyasi reytingidan 11 nafar o'zbekistonlik bokschi joy olgan.
Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 10-o'ringa ko'tarildi (avvalgi oyda 11-o'rinda edi) (chempion Agit Kabayel);
Superog'ir vazn: Lazizbek Mullojonov (+101, 6 kg) - 24-o'ringa ko'tarildi (avvalgi oy 25-o'rinda edi) (chempion Agit Kabayel);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev - 7-o'ringa tushdi (avvalgi oy 6-o'rinda edi) (chempion - Saul Alvares);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Nurislom Ismoilov 27-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oyda 28-o'rinda edi) (chempion - Saul Alvares);
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov - 7-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 8-o'rinda edi) (chempion - Sebastyan Fundora);
Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg): Mujibillo Tursunov 26-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 28-o'rinda edi) (chempion - Dalton Smit);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev - 31-o'rinda qoldi (o'tgan oy ham 31-o'rin edi) (chempion - Dalton Smit);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): Ruslan Abdullaev - 18-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oyda 35-o'rin edi) (chempion - Dalton Smit);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): Sirochbek Ismoilov - 16-o'ringa joylashdi (o'tgan oyda engil vaznda 15-pog'onada edi) (chempion - Dalton Smit);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev o'tgan oyda bo'lgani kabi 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Muhammad SHexov - 10-o'ringa tushdi (o'tgan oy 9-o'rin edi) (chempion Naoya Inoue);
Fikrlar