12 noy 11:20
Yangiliklar
SHaxmat
Tata Steel Chess 2027: Nodirbek Abdusattorov chempionlik unvonini himoya qiladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkaziladigan nufuzli Tata Steel Chess 2027 turniri ishtirokchilari elon qilindi.
2027 yilning 15-31 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan musobaqaning Masters guruhida o'zbekistonlik ikki grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Nodirbek Abdusattorov joriy yilgi turnirda 13 turdan 9 ochko to'plab, chempion bo'lgan edi. Javohir Sindarov esa 8,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan.
Bu safar Nodirbek amaldagi chempion sifatida o'z unvonini himoya qiladi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar