So’nggi yangiliklar

08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0

11 noy 07:32
Yangiliklar

SHaxmat

Total Chess. Abdusattorovdan "dahshatli" start. U faqat Bibisarani xafa qila oldi xolos

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 650 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi yangi formatdagi nufuzli turnir start oldi.

Uch xil vaqt nazorati, 24 nafar ishtirokchi 11 kun davomida Total Chess World Championship Tour bosh sovrini uchun bahs olib boryapti. 

Afsuski, musobaqaning ilk kuni o'tkazilgan blic bahslarida Nodirbek Abdusattorov omadsizlikka uchradi. Grossmeysterimiz 9 ta turda faqat qozog'istonlik ayol shaxmatchi Bibisara Assaubaevani mag'lubiyatga uchratdi. Armanistonlik Hayk Martirosyan, amerikalik Levon Aronyan, niderlandiyalik Yorden van Forest bilan durang o'ynadi. Qolgan partiyalarda esa germaniyalik Vinsent Keymer, ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov, amerikalik eng yosh grossmeyster Mishra Abhimanyu, polshalik Yan-Kshishtof Duda va vetnamlik Lem Lega imkoniyatni boy berdi. 

Natijada Nodirbek Abdusattorov 1 g'alaba, 3 durang, 5 mag'lubiyat bilan 2,5 ochko jamg'argan holda 24 ishtirokchi orasida 22-o'rinni egalladi. 23-pog'onadagi Yorden van Forest hisobida ham 2,5 ochko bor. Bibisara Assaubaeva 1 ta durang, 8 ta mag'lubiyat bilan so'nggi o'ringa joylashdi. 

To'qqiz imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan norvegiyalik Magnus Karlsen blic bahslari g'olibiga aylandi. U yaqinda Nodirbek Abdusattorovni uyiga chaqirib, birgalikda mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot Magnus uchun zoe bo'lmabdi. Olti yarim ochko to'plagan Maksim Vashe-Lagrav ikkinchi, 6 ochkoga ega Levon Aronyan uchinchi o'rinni egalladi.      

Musobaqa formati:

Fast Classic — 45 daqiqa + har yurishga 30 soniya

Rapid — 15 daqiqa + 10 soniya

Blits — 3 daqiqa + 2 soniya


Bugundan besh kun davomida shaxmatchilar 4 ta guruhga bo'linib, Fast Classic formatida kurashadi. Guruh bosqichida g'alaba uchun 3, durang uchun esa 1 ochko beriladi. 17 noyabrdan pley-off bahslari boshlanadi. Unda shaxmatchilar bir-biriga qarshi blic, rapid va Fast Classic formatlarida o'ynaydi. Musobaqa 20 noyabr kuni yakunlanadi.

Umumiy mukofot jamg'armasi — 650 000 AQSH dollari. Turnir g'olibi 80 000 dollarni qo'lga kiritadi. 2027 yilda rasman yo'lga qo'yiladigan Total Chess jahon chempionati turining ilk sinovi aynan Budapeshtda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing