11 noy 07:01
Yangiliklar
Tennis
Fomin Greciyadagi "CHellenjer"ni ilk bosqichdayoq tark etdi
Greciyaning Xersones shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ATP Challenger 50 turniri o'tkazilmoqda.
Mukofot jamg'armasi 56,700 evroni tashkil etgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham ishtirok etdi.
U ilk davrada wildcard orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan mezbon yurt vakili Ioannis Ksilasga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 59 daqiqa davom etgan bahsda greciyalik tennischi 4/6, 6/0, 6/2 hisobida zafar quchdi va nimchorak finalga chiqdi.
Taqqoslash uchun, 25 yashar hamyurtimiz Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 333, u bilan tengdosh Ioannis Ksilas esa 499-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar