10 noy 09:05
Yangiliklar
ATP reytingi yangilandi. Birinchi raketkamiz 40 pog'onaga pastladi. Reytingda yangi o'zbek!
Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin 40 pog'onaga pastlab, 333-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov ham uch o'ringa pastladi. Uchinchi raqamli tennischimiz Nikita Belozercev uch o'ringa ko'tarildi. Ilya Ignatov reytingni tark etdi. Istedodli tennischimiz Ahmadjon Toshmuhammedov esa aksincha reytingga kirib oldi.
O'zbekistonlik tennischilardan eng katta o'sishga Maksim SHin erishdi, u 28 o'ringa ko'tarildi. Amir Milushev 1 pog'onaga pastlagan. Ayni paytda ATP reytingida o'zbekistonlik 6 nafar tennischi bor.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Teylor Fric ikki pog'onaga yuqorilab, Top-10`ga qaytdi. Germaniyalik Aleksandr Zverev jahonning birinchi raketkasi maqomini saqlab qoldi. Yannik Sinner ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, ispaniyalik Karlos Alkaras kuchli uchlikka yakun yasagan.
ATP reytingi. 9 noyabr holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 9550 ochko.
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 9450.
3. (3) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 7100.
4. (4) Ben SHelton (AQSH) - 5170.
5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3820.
6. (6) Flavio Kobolli (Italiya) - 3680.
7. (7) Artyur Fis (Franciya) - 3625.
8. (8) Frensis Tiafo (AQSH) - 3390.
9. (9) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 3370.
10. (12) Teylor Fric (AQSH) - 3285.
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
333 (293). Sergey Fomin — 162 (-25)
414 (411). Humoyun Sultonov — 118 (-1)
845 (848). Nikita Belozercev — 31
1207 (1235). Maksim SHin — 11 (+1)
1917T (1917T). Ahmadjon Toshmuhammedov — 1 (+1)
2083T (2082T). Amir Milushev — 1

Fikrlar