So’nggi yangiliklar

09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0

10 noy 08:34
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Daniil Eybog joriy mavsum nima uchun xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayotganini ochiqladi

Teglar :  Daniil Eybog
SHort-trek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, 2026 yilgi qishki Olimpiada ishtirokchisi Daniil Eybog joriy mavsum startini o'tkazib yubordi.

Malum bo'lishicha, bunga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo'lmoqda.

"Ko'pchilikning savoliga — bu mavsumda Jahon turida nega qatnashmayotganimga javob bermoqchiman. Buning sababi — O'zbekiston tomonidan moliyalashtirish borasida hozirda yuzaga kelgan qiyinchiliklar. SHu bois ayni paytda musobaqalarda ishtirok eta olmayapman. Umid qilamanki, bu masala tez orada hal bo'ladi.

Musobaqalarni o'tkazib yuborish alam qiladi. Ammo bir muhim jihatni alohida takidlamoqchiman.

So'nggi besh yil davomida mutlaqo mustaqil shug'ullanyapman: jamoasiz, yordamchi xodimlarsiz va shaxsiy murabbiysiz. Faqat o'z bilimim, tajribam va xatolarimga tayanganman.

SHunga qaramay, Olimpiadaga yo'llanma oldim, 500 metrlik masofada 40 soniyalik chegaradan o'tdim — natijam 39.930 soniya bo'ldi — va dunyoning eng kuchli sprinterlari qatoriga kirdim. Jahon musobaqalari tarixidagi eng tez aylanalardan birini qayd etgan sportchilar safidan joy olganimdan xursandman.

Ochig'ini aytsam, deyarli yakka holda shunday sprint darajasiga erishgan va Olimpiya o'yinlarida murabbiysiz, jamoasiz qatnashgan boshqa bironta Olimpiada ishtirokchisini bilmayman.

Hozir ham o'z kuchim bilan mashg'ulot o'tkazyapman va sportdagi faoliyatimni yakunlaganim yo'q. Yangi usullarni o'rganib, o'sishda davom etishga harakat qilyapman. Xalqaro turga qaytishni intiqlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, tez orada ko'rishamiz!", deb yozgan Eybog.

Eslatib o'tamiz, u yil boshida Italiyaning Milan va Kortina shaharlari mezbonlik qilgan qishki Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing