So’nggi yangiliklar

08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0

10 noy 07:01
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Abdusattorov Total Chess turniridagi ishtirokini boshlaydi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 650 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi yangi formatdagi nufuzli turnir start olmoqda.

Uch xil vaqt nazorati, 24 nafar ishtirokchi 11 kun davomida Total Chess World Championship Tour bosh sovrini uchun bahs olib boradi. Bu oddiy shaxmat musobaqasi emas. Unda ishtirokchilar uch xil vaqt nazoratida o'zaro hisob-kitob qiladi:

Fast Classic — 45 daqiqa + har yurishga 30 soniya

Rapid — 15 daqiqa + 10 soniya

Blits — 3 daqiqa + 2 soniya

Musobaqada dunyoning 24 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirak etadi. Ular orasida Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Alireza Firuja, Arjun Erigaisi, Rameshbabu Praggnanandhaa, Anish Giri, Nodirbek Abdusattorov singari nomdor grossmeysterlar bor!

Turnirning ilk kuni 9 turdan iborat blic musobaqasi o'tkaziladi. 11-15 noyabr kunlari esa shaxmatchilar 4 ta guruhga bo'linib, Fast Classic formatida kurashadi. Guruh bosqichida g'alaba uchun 3, durang uchun esa 1 ochko beriladi.

17 noyabrdan pley-off bahslari boshlanadi. Unda shaxmatchilar bir-biriga qarshi blic, rapid va Fast Classic formatlarida o'ynaydi. Musobaqa 20 noyabr kuni yakunlanadi.

Umumiy mukofot jamg'armasi — 650 000 AQSH dollari. Turnir g'olibi 80 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Bugungi ilk kungi blic bahslari Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

2027 yilda rasman yo'lga qo'yiladigan Total Chess jahon chempionati turining ilk sinovi aynan Budapeshtda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing