09 noy 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov Octagon 94 turnirida jang qiladi
19 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 94 turniri tashkil etiladi.
Malum bo'lishicha, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli MMA ustasi SHohasan Mirzamatov ham chiqish qiladi.
Unga qozog'istonlik Mahir Mamedov raqib bo'ladi. Jang trilogiya maqomida o'tadi. Avvalgi ikkita jangning dastlabkisida Mirzamatovning qo'li baland kelgan, ikkinchisida esa durang natija qayd etilgandi.
Malumot uchun, 36 yoshli SHohasan Mirzamatov faoliyati davomida 23 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Mahir Mamedov hisobida esa 20 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat hamda 1 ta durang bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar