09 noy 14:48
Yangiliklar
Zagreb Grand Prix 2026 uchun tarkibimiz tasdiqlandi: Diyora va Davlat ham Xorvatiyaga boradi!
Hozirgacha ushbu musobaqada dunyoning 70 davlatidan keladigan 507 nafar dzyudochi qatnashishini rasman tasdiqlagan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili ham bor.
Etiborlisi, uzoq muddatli tanaffusdan so'ng Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov yana tatamiga qaytmoqda. U Zagreb Gran-prisi medellari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. Davlat so'nggi bor shu yil 26-28 iyun kunlari Xitoyda o'tgan Qingdao Grand Prix 2026 turnirida ishtirok etgan edi.
SHuningdek, Xorvatiyaga yo'l olayotgan tarkibdan Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ham joy olgan.
Zagreb Grand Prix 2026 uchun terma jamoamiz tarkibi:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov

Fikrlar