09 noy 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Yoshlar Olimpiadasi. Bokschimiz koreyalik raqibasini texnik nokautga uchratdi + FOTO
Senegal poytaxti Dakar shahri mezbonlik qilayotgan IV Yoshlar Olimpiadasining boks bahslarida Sabrina CHakomanova chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-54 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilamiz Koreya Respublikasi bokschisi Kim E Ringa qarshi ringga ko'tarildi va raqibasini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Bu vaziyatda referi jangni to'xtatdi.
Endi CHakomanova 1/4 finalda germaniyalik Lorin Sayimga qarshi ringga chiqadi. Mazkur jang ertaga, 10 noyabr kuni bo'lib o'tadi.










Havola :
Fikrlar