08 noy 23:05
Yangiliklar
Og'ir atletikachilarimiz Jahon chempionatini Top-3`da yakunlashdi
Deyarli ikki hafta davomida dunyoning kuchli atletlari bir nechta vazn toifasida g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Ular orasida tarkibida sakkiz nafar atleti bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi ham bor edi.
Jahon chempionati yakunida mamlakatlar o'rtasidagi medallar reytingi elon qilindi.

Kutilganidek, KXDR terma jamoasi 20 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza — jami 34 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Xitoy 17 ta oltin, 10 ta kumush, 6 ta bronza — jami 33 ta medal bilan ikkinchi pog'onadan joy oldi.
3-o'rin — O'zbekiston va Bolgariya terma jamoalari. Har ikki mamlakat 3 tadan oltin medalni qo'lga kiritib, oltinlar soni bo'yicha uchinchi pog'onadan joy egalladi. Delegaciyamizga medallarni Akbar Jo'raev taqdim etdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 3 ta oltin medal bilan uchinchi o'rinda yakunladi. Ushbu natija sportchilarimiz, murabbiylar shtabi va butun delegaciyamizning mashaqqatli mehnati hamda fidoyiligi samarasidir.

Fikrlar