08 noy 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Pore Maxachevning jangdan bosh tortgani haqida: "Menimcha, u hech kimdan qo'rqmaydi"
UFC kamari uchun sobiq davogar Dastin Pore amaldagi chempion Islam Maxachevning 2027 yil yanvar oyida chempionlik jangini o'tkazishdan bosh tortgani haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
"Men odamlar yozayotganini ko'ryapman: "U qo'rqib ketdi, u qochyapti". Yo'q, menimcha, u hech kimdan qo'rqmaydi. U har kimga qarshi jang qila oladi va bundan qo'rqmaydi. U butun engil vaznni bosib o'tdi. Agar u chinakam istasa, uzoq vaqt jang qilishi mumkin. Lekin bu uning o'ziga va intilishiga bog'liq", - deya Porening so'zlaridan iqtibos keltiradi UFC on Paramount+`ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev o'zining so'nggi jangini shu yil avgust oyida Yen Machado Gerriga qarshi o'tkazib, irlandiyalik raqibini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar