08 noy 08:34
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorovaning qaysi musobaqada qatnashishi malum bo'ldi
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova yaqinda Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida o'z imkoniyatini sinab ko'rgan edi.
Endi -52 kg vazn toifasidagi 28 yoshli sportchimiz 13-15 noyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkaziladigan Gran-pri turnirida ishtirok etadi.
Musobaqada 70 ta davlatdan 520 nafarga yaqin dzyudochining qatnashishi kutilmoqda.
Keldiyorova Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi davrasida isroillik Gefen Primoga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar