07 noy 19:50
Yangiliklar
"Men nafas ololmay qolgandim". Topuriya Getji bilan jangda olgan jarohatlarini ochiqladi
Ularning jangi 15 iyun kuni bo'lib o'tgan UFC White House — Freedom 250 turnirining asosiy voqeasi bo'lgan va Getjining texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"To'rtta suyagim, ikkita orbital suyaklarim, burnim va oyog'im sinib ketgan edi. Va men shu ahvolda AQSH Prezidenti, ko'p sonli odamlar va millionlab tomoshabinlar oldida turdim. Men deyarli hech narsani ko'rmayotgan edim va kuchli og'riqdan hatto nafas ham ololmay qolgandim. Bu g'alati tajriba bo'ldi, lekin shu bilan birga, men buni boshdan kechirganimdan xursandman, chunki hayot sizni qanchalik qattiq sinamasin yoki sizga yomon munosabatda bo'lmasin, u baribir davom etadi, deb tushundim", - dedi Topuriya X ijtimoiy tarmog'idagi Parry Punch akkauntiga bergan intervyusida.

Fikrlar