07 noy 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uni shunchalik hurmat qilamanki, yuziga yana zarba bera olmayman" - Topuriya sobiq raqibi haqida
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya yarim engil vazndagi amaldagi chempion Aleksandr Volkanovskiga hurmatini bildirib, uni divizion tarixidagi eng buyuk jangchi deb atadi.
"Rostini aytsam, men uni shu qadar hurmat qilamanki, unga shunchalik bog'lanib qolganmanki, unga yana zarba bera olmagan bo'lardim. Bizning ehtimoliy revanshimiz juda raqobatli jang bo'lardi. Uni bir marta mag'lub etganim Aleks meni enga olmasligini anglatmaydi. SHaxsan men uchun u yarim engil vazn divizioni tarixidagi eng yaxshi jangchi, qolganlarning barchasidan ustun. Ha, men uni mag'lub etganman. Maks Xolloueyni ham engganman. Bungacha hech kim amalga oshirmagan ishlarni qilganman. Ammo uning yillar davomida erishgan barcha yutuqlariga nazar tashlasak, u mendan ancha ko'proq natijaga erishgan", — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi Home of Fight akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.

Havola :
Manba : Home of Fight
Fikrlar