07 noy 09:05
Yangiliklar
"Lanati Konor". Sexudo UFC`ni Makgregor bilan shartnomani uzaytirmaslikka chaqirdi
"Bu bosqichda u shunchaki, lanati, Konor troll qilyapti. Uning biror bir so'ziga ishonmayman. Lekin u pul keltiradi, tushunyapsizmi? Endi UFC`dagi yigitlarning navbati: "Ey, biz senga shuncha pul to'laymiz, chunki sen shunchaga arziysan". Kafolat beraman, UFC uni qancha pul to'layotganini hisobga olib, shunchaki qo'yib yuborishi mumkinligini tasavvur qila olaman. Ular: "Ey, bilasanmi nima? Senda bitta jang qoldi. Biz sening bu pulga arziysan deb o'ylamaymiz. Sen erkin agent bo'lasan".
Agar men tadbirkor bo'lib, pulimning ko'p qismini tejashni istasam, demak, Konorga lanat. Uni ishdan bo'shatardim. Qasam ichaman, shunday qilardim. Agar ular unga 30 million dollar bermoqchi bo'lsalar-u, bermasliklari kerak bo'lsa, shunchaki tashkilotdan haydanglar. Konor erkin agent bo'lib, boshqa joyda ko'proq pul topsin, lekin bizdan olmasin. To'lovli translyaciyalar modeli yo'q, va bu odam [so'nggi yillarda] biror bir jangda yutmagan.
Unda [UFC bilan shartnomasi bo'yicha] bitta jang qoldi. Aytaylik, u Jastin Getji bilan jang qilsa va qandaydir yo'l bilan uni yutsa. Unda vaziyat uning qo'lida bo'ladi. Konorning ketish hamda juda ko'p "sumka"lar bilan jang qilib, boshqa joyda ko'p pul topish imkoniyati bo'ladi", - deya 39 yoshli amerikalikning so'zlarini keltirdi MMA Fighting portali.

Fikrlar