07 noy 07:32
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: “Ilgari muammolar kiyinish xonasida hal qilinardi, hozir esa...”
Italiyalik mutaxassis Sky Sport telekanalining “Sky Calcio Unplugged” dasturida ishtirok etib, futboldagi muloqot madaniyati o'zgarganini takidladi.
“Hozirgi davr bizning davrimizdan, men o'ynagan paytlardan butunlay farq qiladi. Ilgari bir tushuncha bor edi: jamoaning ichki muammolari o'z ichida hal qilinishi kerak.
Ammo hozir hamma hamma narsani ommaga ko'rsatishni xohlayotgandek. Hamma ijtimoiy tarmoqlarga chiqishni, qilgan ishlarini boshqalar ko'rishini istaydi.
Masalan, futbolchilarning maydon markaziga yig'ilib, gaplashishini olaylik. Ilgari bunday suhbatlar kiyinish xonasida o'tkazilardi. O'z futbolchilaring bilan yakka tartibda gaplasharding.
Bugun vaziyat o'zgargan. Menimcha, bu noto'g'ri muloqot usuli. SHaxsan menga bunday yondashuv yoqmaydi. Ammo shu bilan birga, zamon talablariga moslashish ham kerak”, – dedi Kannavaro.

Fikrlar