So’nggi yangiliklar

20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0

30 okt 19:48
Yangiliklar

Futbol

Jahongir O'rozov: "Kannavaro "Rubin"ni chempion qilardi"

"Rubin" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov o'zbek milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro haqida gapirib berdi.

SHuningdek, u Kannavaro Qozon klubi bosh murabbiyiga aylanishiga qarshi emasligini bildirdi.

24 oktyabr kuni Frank Artiga "Rubin" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi. Qozonliklar ustozi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Oleg Kuzmin tayinlandi.

— Murabbiy Kannavaroda qanday alohida xususiyat bor?

— Inson sifatida u juda mehribon. Futbol maydonida ham, undan tashqarida ham hammaga yordam beradi. Masalan, Fabio ko'pincha mashg'ulotlardan so'ng qolib, futbolchilar bilan yakka tartibda ishlaydi. SHaxsan mening o'zimga ham Kannavaro tarixdagi eng yaxshi himoyachi sifatida ko'p narsani o'rgatdi. Terma jamoadagi sheriklarimdan eshitganman, u shaxsiy muammolar bo'yicha ham hamisha yordam berishga tayyor.

— JCHdan so'ng Kannavaro tanqidga uchradi.

— Bu kutilgan hol edi. Muxlislar ko'prog'ini kutishgandi. Ammo murabbiy istefoga loyiq edi degan firga qo'shilmayman. Terma jamoa o'z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqdi, buning o'zi allaqachon yutuqdir. O'ylashimcha, keyingi JCHda O'zbekiston yaxshiroq ishtirok etadi.

— Agar Kannavaro RPL klubini boshqarganida, uni chempion qila olarmidi?

— Menimcha, ha. U ko'plab o'yinchilarni biladi, Fabioda yaxshi murabbiylar shtabi bor. Va unga xos stil aniq RPLga mos kelgan bo'lardi.

— Kannavaroning "Rubin"ni boshqarishini xohlarmidingiz?

— Ha, albatta. O'ylashimcha, Kannavaro "Rubin"ni chempion qilardi. Bizda tarixga ega jamoa bor, — dedi O'rozov Sport24 muxbiri Andrey Babich bilan suhbatda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing