30 okt 18:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidyoqub Qahramonovning Tojikistondagi jangi to'liq davom etdi va kutilmagan natija bilan tugadi
Tojikistonning Dushanbe shahrida MMA bo'yicha ACA 209 turniri o'tkazilmoqda.
Malum qilganimizdek, turnirda o'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov oktagonga ko'tarildi.
Mezbon yurt vakili Baxtovar Yunusovga qarshi kechgan 3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 30-27, 30:27 va 30-26 hisoblarida tojikistonlik Baxtovar Yunusovning g'alabasini qayd etishdi.
Bu Baxtovar uchun ACA Ligasidagi debyut jang edi. Uning rekordi bugungi muvaffaqiyatdan keyin 12 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni tashkil etmoqda. Hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov esa o'zining uchtalik g'alabali seriyasini yo'qqa chiqardi. Endi uning rekordidagi mag'lubiyatlar 4 taga etdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar