30 okt 12:36
Yangiliklar
Tennis
WTA 500. Kamilla Rahimova Tokioda 1/2 finalga chiqdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Tokioda o'tayotgan Toray Pan Pacific Open Tennis WTA 500 turnirining yarim finaliga yo'l oldi.
Bugun tongda o'tkazilgan chorak final uchrashuvida Rahimova Avstraliya vakilasi Mayya Joyntni uch setda — 7/5, 5/7, 6/1 hisoblarida mag'lub etdi.
Uchrashuv 2 soatu 24 daqiqa davom etgan. Rahimova 12 ta breyk-poyntdan 6 tasini amalga oshirdi.
Taqqoslash uchun, 25 yoshli Kamilla dunyo reytingida 66, 20 yashar Joyns esa 94-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar