So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

30 okt 09:26
Yangiliklar

Futbol

"Al Nassr" OFKdan "Al Vasl"ga texnik mag'lubiyat yozishni talab qilmoqda

Teglar :  Al NassrAl VaslOFK
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi Elit Osiyo CHempionlar Ligasi turniri doirasida BAAning "Al Vasl" jamoasiga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan uchrashuv yuzasidan Osiyo futbol konfederaciyasiga murojaat qildi.

26 oktyabr kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan 3-tur bahsi "Al Vasl" futbolchilari Saudiya Arabistoniga etib kelmagani sababli boshqa muddatga qoldirilgandi.

Malumotlarga ko'ra, BAA klubi Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistoni aeroportlariga uyushtirilgan hujumlar ortidan yuzaga kelgan aviaqatnov muammolari sababli Ar-Riyodga borishdan bosh tortgan.

Biroq "Al Nassr" mazkur holatni raqibning uchrashuvga kelmagani sifatida baholab, "Al Vasl"ga texnik mag'lubiyat yozish va 3 ochkoni Saudiya Arabistoni klubiga berishni talab qilmoqda.

Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi o'z bayonotida uchrashuvni o'tkazish uchun barcha tashkiliy ishlar bajarilganini malum qildi. Jumladan, "Al Vasl" delegaciyasining tashrifi uchun zarur aviaruxsatnomalar rasmiylashtirilgan, hakamlar brigadasi va uchrashuv komissari Ar-Riyodga etib kelgan.

OFK rahbariyati masala yuzasidan yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini, vaziyat musobaqaning tegishli qo'mitalari tomonidan o'rganilayotganini bildirgan.

SHuningdek, saudiyalik huquqshunos Xolid Ash SHalan mamlakat futbol federaciyasining ushbu masaladagi harakatlarini tanqid qildi. Uning fikricha, federaciya "Al Vasl"ning safarga chiqmagani malum bo'lgan zahoti OFKga rasmiy etiroz bildirishi kerak edi.

Mojaroga qaramay, "Al Nassr" ichki chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jamoa so'nggi turda "Al Faysali"ni safarda 3:1 hisobida mag'lub etib, 10 ta o'yindan keyin 25 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ar-Riyod klubi peshqadam "Al Hilol"dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Malumot uchun, "Al Nassr" 29 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni chempionatida "Al Xulud"ni qabul qiladi. Jamoaning Elit Osiyo CHempionlar Ligasi musobaqasidagi navbatdagi raqibi esa Toshkentning "Paxtakor" klubi bo'ladi. Mazkur uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing