16 okt 14:44
Yangiliklar
Fyurining menejeri: "Saudiya Arabistoni endi bunday katta mablag' sarflamaydi"
"Men ularni boksdan butunlay ketadi deb o'ylamayman, — dedi Braun "Uncrowned" nashriga bergan intervyusida. — Ammo hamma xotirjam bo'lishi kerak. Ha, pullar kamayadi, chunki hech kim bunday gonorarlarni to'lashda davom eta olmaydi".
"O'ylashimcha, Fyuri — Joshua jangi saudiyaliklar tashkil etadigan so'nggi yirik janglardan biri, — deya qo'shimcha qildi Braun. — Kelajakda yiliga bir yoki ikkita katta jang bo'lishi mumkin, lekin ular boksdan ketishmaydi. Albatta, hammasi Turki Al ash-SHayxga va uning sog'lig'iga bog'liq. Biz uning yaqinda bergan bayonotini eshitdik".
Turki Al ash-SHayx boks olamiga bir necha yil avval kirib kelgan va bir qator yirik janglarni tashkil etishga yordam bergan edi. Biroq yaqinda u onkologik kasalliklar bo'yicha davolanayotganini va yaqin yillarda bu uning kognitiv qobiliyatlarining jiddiy yomonlashuviga olib kelishi mumkinligini malum qildi.
Saudiya Arabistoni Riyadh Season va The Ring brendlari ostidagi shoularni moliyalashtirishdan tashqari, yangi "Zuffa Boxing" promouterlik kompaniyasining akciyadorlari ham hisoblanadi. Ehtimol, moliyalashtirishning qisqarishi Dana Uayt boshchiligidagi ushbu kompaniyaga ham tasir qilishi mumkin.

Fikrlar