28 noy 17:52
Yangiliklar
Maxachevning jamoasi Islamni UFC kamaridan mahrum qilish talabiga javob berdi
U nafaqat rossiyalikni chempionlik kamaridan mahrum etishni talab qilgan, balki Islamning engil vazn toifasidan yarimo'rta vaznga qochganligi haqida ham fikr bildirgandi. Tashkilotning eng yaxshi jangchisining menejeri Ali Abdel-Aziz bunga o'z javobini berdi.
"Ettita mag'lubiyatdan iborat seriyada ketayotgan Tayron Vudli, o'n ettita ketma-ket g'alaba qozongan, ikki vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan va har bir divizionda kamarini himoya qilgan Islam Maxachev haqida gapiryapti.
Bir vaqtlar muhim shaxs bo'lgan sobiq chempion, uning yutuqlarini tan olish o'rniga boshqa jangchiga hurmatsizlik bildirish orqali yana etiborda bo'lishga harakat qilayotganini ko'rish achinarli.
Islamni kamaridan mahrum qilish kerak, deysanmi? Hurmat bilan aytganda, sen tashkilot tarixidagi barcha chempionlar orasida UFC bilan eng yomon munosabatlarga ega bo'lganlardan birisan. Endi esa sen etiborni o'zingga qaratish uchun, barcha zamonlarning eng buyuk jangchilaridan biri deb hisoblangan yigitni tanqid qilyapsan.
Sobiq chempionlar o'zlarini ko'rsatish uchun hamkasblarini kamsitish o'rniga qo'llab-quvvatlashlari kerak", - deb yozdi Ali ijtimoiy tarmoqda amerikalikka murojaat qilib.
Islam Maxachevning navbatdagi raqibi yarimo'rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi bo'ladi. U 30 yanvar kuni Torontoda bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirida braziliyalik Karlos Prates va ekvadorlik Maykl Morales o'rtasidagi jangda hal qilinadi.

Fikrlar