28 noy 16:50
Yangiliklar
Bivol Aleksandr Usik bilan jang qilish ehtimolini baholadi
Rossiyalik bokschi uning raqibi yaqinda kruiz vazn toifasiga qaytish niyatini bildirgan ukrainalik Aleksandr Usik bo'lishi mumkinligini istisno etmadi.
"Ha, Usik kruzerveytga qaytish va Benavides bilan jang qilish haqida gapirayotganini eshitdim. To'g'risini aytsam, men u bilan jang qilish haqida o'ylamagandim, lekin agar men yuqoriga ko'tarilsam va u o'z o'rnida pastga tushsa, bu aniq qiziqarli imkoniyat bo'lar edi. Nazariy jihatdan bu mumkin, lekin ko'ramiz.
Og'ir vazndan qaytish yaxshi fikr ekaniga ishonchim komil emas. Bilmadim, u buni qila oladimi, unga oson bo'ladimi? Hozir uning vazni qancha ekanligini bilmayman, shuning uchun bu uning uchun haqiqatan ham qiyin bo'lishi mumkin, chunki Usik vazn to'plaganida bu vazn toifasida katta ko'rinardi", - dedi Bivol The Stomping Ground nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 12 dekabr kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tadigan RCC Boxing turnirida Dmitriy Bivol WBO vaqtinchalik kamari sohibi britaniyalik Kallum Smitga qarshi WBA, WBO, IBF va The Ring bo'yicha yarim og'ir vazn toifasidagi jahon chempionlik unvonlarini himoya qiladi.

Fikrlar