So’nggi yangiliklar

10:07Мукофот жамғармаси салкам 16 млн доллар бўлган Якуний ATP турнири якунланди 0 09:36Жаҳон тожи ва 2 500 000 доллар учун кечадиган матчнинг 1-турини ким қайси доналарда ўйнаши маълум 0 09:05Қозоғистонда биринчи UFC турнирининг ўткказилиш санаси айтилди 0 08:34А Серия. "Интер" 4 та гол уриб ҳам ғалаба қозона олмади 0 08:03Гукеш: "Бирор нарсани ҳимоя қилиш учун келганим йўқ!" 0 07:32Жавоҳир Синдаров: "Менда имконият бор!" 0 07:01Диллиан Деонтейга қарши жанг қилишга тайёр. Бу таклиф Жалоловга берилганди 0 19:22Ган Хокит билан реванш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:50"Мен кетишга тайёрман". Бруну Фернандеш танқидлар ва МЮдаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:10Алекс Перейра: "Павлович ҳали бундай ўзига хос рақибга қарши жанг қилмаган" 0 17:29"Мен асосий даъвогарман. Махачев мендан қочди" - Карлос Пратес 0 16:52Диёра Келдиёрова Ута Абе билан солиштиришлари ҳақида: "Бу ҳудди Месси ва Роналдуни таққослагандек" 0 16:14Моуринью "Реал"нинг навбатдаги рекордини ўрнатди 0 15:30UFC’нинг япониялик жангчиси Алмабаев устидан қозонилган ғалабадан кейин узр сўради ва кейинги рақибини танлади 0 14:19Рамазон Темиров Хоригучини жангга чорлади 0

23 noy 10:07
Yangiliklar

Tennis

Mukofot jamg'armasi salkam 16 mln dollar bo'lgan Yakuniy ATP turniri yakunlandi

Italiyaning Turing shahridagi "Inalpi Arena"da mukofot jamg'armasi 15 million 750 ming AQSH dollarini tashkil etgan Yakuniy ATP turniri yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan ispaniyalik Karlos Alkaras dunyoning birinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi. 

Ikki soatu ikki daqiqa davom etgan bahsda Alkaras Zverevni 6/2, 7/6(7) hisobida mag'lubiyatga uchratib, mavsumning so'nggi asosiy turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Karlos faoliyatida ilk bor Yakuniy ATP turniri chempionligiga erishdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvida Alkaras oldinda bormoqda - 8:6.


Final statistikasi:

Karlos Alkaras — 7 ta eys, 3 ta qo'shxato, 4 ta breyk

Aleksandr Zverev — 4 ta eys, 1 ta qo'shxato, 2 ta breyk


Alkaras - Yakuniy ATP turnirda chempionlikka erishgan uchinchi ispaniyalikka erishdi. 1976 yilda Manuel Orantes, 1998 yilda Aleks Korretxi Yakuniy turnir bosh sovriniga ega chiqqan edi. 

SHuningdek, Karlos Alkaras barcha to'rtta "Katta Dubulg'a" turniri hamda Yakuniy ATP turniri sovrinlarini qo'lga kiritgan tarixdagi to'rtinchi tennischiga aylandi. Karlosdan avval Andre Agassi, Rojer Federer va Novak Jokovich ham bu yutuqqa erishgandi.

Bundan tashqari, Alkaras Ochiq tennis erasida 30 ta ATP turnirida chempion bo'lgan uchinchi ispan tennischiga aylandi. Ungacha Rafael Nadal (92) va Orantes (34) o'ttizlik dovonini zabt etgan edi. 

Alkaras ketma-ket 14 ta uchrashuvda zafar quchdi - u avval Vena va Parijdagi turnirlarda chempion bo'lgandi. Karlos oxirgi 27 ta uchrashuvining 25 tasida zafar quchgan. Turindagi chempionlik u uchun bu yilgi mavsumdagi oltinchi sovrin bo'ldi. 

Yakuniy ATP turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok 23 yoshli Karlos Alkarasga 5,17 mln dollar keltirdi. Bu ushbu musobaqa tarixidagi rekord mukofot puli hisoblanadi. Ispaniyalik tennischi bu yilgi musobaqalardan jami 12,5 million dollar mukofot puli ishlab oldi. Uning butun professional faoliyatida qo'lga kiritgan mukofot pullari 74,3 mln dollarga etdi.

Aleksandr Zverev esa Turindagi vice-chempionligi ortidan 2 million 759 ming dollarga ega bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing