23 noy 08:03
Yangiliklar
SHaxmat
Gukesh: "Biror narsani himoya qilish uchun kelganim yo'q!"
Jenevadagi BMT Millatlar saroyida 2026 yilgi jahon chempionligi matchi oldidan rasmiy matbuot anjumani o'tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, o'z tojini Hindistonga qaytarib olib ketish istagida ekanini aytdi.
Jurnalistlardan biri Gukeshdan jahon chempionligi unvonini himoya qilish uni qo'lga kiritishdan qiyinroqmi, deb so'radi. Hindistonlikning javobi qisqa va qatiy bo'ldi.
"Men bu erga biror narsani himoya qilish uchun kelganim yo'q. Men unvonni qaytadan qo'lga kiritish uchun shu erdaman".

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar