So’nggi yangiliklar

12:30ОЧЛ. “Ал-Ҳилол” Фарғонага тўрт футболчисисиз келди 0 11:21Мераб Двалишвили навбатдаги жангини қачон ўтказишга тайёр бўлишини айтди 0 10:30Иржи Прохазка нокаутли мағлубиятини изоҳлади 0 09:59Бугун Жаҳон чемпионатининг аралаш жамоавий беллашувлар ўтказилади. Ўзбекистонда жиддий рақиб! 0 09:28"Арсенал" мағлубиятдан қутилиб қолди 0 08:57Иржи Прохазка - Навахо Стирлинг жангига ММА оламининг муносабати 0 08:26Комплект медалларни қўлга киритган Ўзбекистон жаҳон чемпионатини нечанчи ўринда якунлади? 0 07:55UFC Fight Night 294 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Улар орасида қозоқ жангчиси ҳам бор! 0 07:24"Реал" яна камбэк қилди, бу сафар "Сельта" мағлуб этилди 0 06:53UFC Fight Night 294: Прохазкани нокаут қилишди, Асу Алмабаев ютқазди ва бошқа натижалар 0 19:59Фазлиддин Рафиқов Жаҳон чемпионатини бронза билан якунлади 0 19:30Илия Топурия UFC'даги мотивацияси нима эканлигини айтди 0 18:22"Чемпионлик камарини қўлга киритишимга ишонаман". Прохазка Ульберг билан реванш ўтказишга умид қилмоқда 0 17:37"Октагон ташқарисида ҳам жанг қилишимиз мумкин". Двалишвили Нурмагомедов билан эҳтимолий реванш ҳақида гапирди 0 16:30ОЧЛ. "Ал-Иттиҳод"нинг малилик легионери "Пахтакор"га қарши ўйинни ўтказиб юборади 0

22 noy 12:30
Yangiliklar

Futbol

OCHL. “Al-Hilol” Farg'onaga to'rt futbolchisisiz keldi

Teglar :  Al Hilol
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Osiyo CHempionlar ligasi Elit bosqichi 5-turidan o'rin olgan “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun kecha Farg'ona shahriga etib keldi.

Saudiya Arabistonining “Al Jazirah” nashri xabar berishicha, Ar-Riyod klubi to'rt nafar futbolchisini O'zbekistonga olib kelmagan.

Jamoa sardori Salim ad-Davsariy Bangkok safaridan qaytgach, jismoniy holatini yaxshilashi uchun qo'shimcha vaqtga muhtoj. Saudiya Arabistoni terma jamoasining so'nggi yig'inida jarohat olgan Muhammad Mahzariy va Sulton Mandash, shuningdek, franciyalik Saymon Buabre ham “Neftchi”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.

O'z navbatida, jarohatidan forig' bo'lgan Hamad al-Yomiy joriy mavsumda ilk bor jamoa qaydnomasiga kiritildi. Biroq uning Farg'onadagi uchrashuvda maydonga tushishi jismoniy tayyorgarligiga bog'liq.

SHuningdek, Simone Indzagi “Neftchi”ga qarshi bahsda niderlandiyalik Krisensio Sammervill va braziliyalik Gabriel Martinelli xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Sammervill Osiyo CHempionlar ligasidagi uch o'yinlik diskvalifikaciya muddatini o'tadi. Martinelli esa son orqa mushagidagi jarohatidan to'liq forig' bo'ldi. Braziliyalik futbolchi jarohat sabab Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Fath”, OCHLda esa “Al-SHamol” va “SHabob Al-Ahli”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan edi.

Bugun “Al-Hilol” Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida soat 18:15 da yakuniy mashg'ulotini o'tkazadi. Soat 19:15 da esa Simone Indzagi va jamoa futbolchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.

“Neftchi” – “Al-Hilol” uchrashuvi ertaga, 23 noyabr kuni soat 18:45 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing