So’nggi yangiliklar

11:47"Пахтакор"га қарши ўйин олдидан "Ал-Иттиҳод" бош мураббийи 6 нафар ёш футболчини асосий жамоага жалб қилди 0 11:13Макгрегор Перрининг устидан мазах қилди 0 10:35Тошкентда дзюдо бўйича ёшлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати старт олди 0 09:56Хабиб октагонга қайтиш учун таклиф қилинган 200 миллион доллардан воз кечди 0 09:05ЖЧ-2030`да ҳам сув ичиш учун танаффуслар сақланиб қолиши мумкин 0 08:34Рейтингнинг Топ-3`талигидаги жангчи UFC`дан ҳайдалди 0 08:03Жаҳонгир Нажмиддинов ҳам Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 07:32Ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг илк куни 12 нафар дзюдочимиз баҳсларга киришади 0 07:01Маурисио Почеттино "Манчестер Юнайтед" базасига етиб келди ва ишга киришди 0 19:30Богдан Гусков Роберт Уиттакерга мурожаат қилди 0 18:51Илия Топурия: "Мақсадим — Гэтжи билан реванш, аммо..." 0 18:15"Кичкина одамни мағлуб этсам, бу менга ҳеч қандай обрў келтирмайди". Шара Буллет Царукян билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 18:10Ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатига қуръа ташланди (Жуфтликлар) 0 17:42Ўзбекистон терма жамоаси Саудия Арабистони устидан ғалабадан сўнг ФИФА рейтингида бир поғона кўтарилди 0 17:05"У афсона". Асу Алмабаев бўлажак рақиби ҳақида фикр билдирди 0

19 noy 11:47
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan "Al-Ittihod" bosh murabbiyi 6 nafar yosh futbolchini asosiy jamoaga jalb qildi

Teglar :  PaxtakorAl Ittihod
"Ar-Riyoziya" nashrining xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Yens Vissing 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar jamoasidan olti nafar o'yinchini asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb qilgan.

Ular Karim Hindoviy, Yosin Ol Jobir, G'asson Baabdulloh, Muhammad Hazoziy, Abdulloh as-Sahliy va Abdulmajid Ayyashdir.

Germaniyalik mutaxassis bunday qarorga jarohatlar va ayrim futbolchilarning milliy terma jamoalari ixtiyoriga ketgani sababli kelgan.

18 noyabr kuni "Al-Ittihod" Jiddada birinchi divizion vakili "Al-Ula" bilan yopiq o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Jorj Ilenixena va Yan-Karlo Simich mualliflik qildi.

SHuningdek, uzoq vaqt jarohat sabab maydonga tushmagan himoyachi Ahmad SHarahili ham mazkur bahsning ikkinchi bo'limida ishtirok etdi. Murabbiylar shtabi uning jismoniy holatini baholab bormoqda.

"Al-Ittihod"ning malialik yarim himoyachisi Muhammadu Dumbiya esa jamoaviy mashg'ulotlarga bosqichma-bosqich qaytayotganiga qaramay, o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmadi. Uning to'liq tiklanishi dekabr oyi oxirida kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Al-Ittihod" va "Paxtakor" o'rtasidagi OCHL Elit 5-tur uchrashuvi 23 noyabr kuni Jiddadagi "Al-Inma" stadionida bo'lib o'tadi.

To'rt turdan keyin saudiyaliklar 4 ochko bilan G'arb mintaqasi musobaqa jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing