18 noy 17:42
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g'alabadan so'ng FIFA reytingida bir pog'ona ko'tarildi
FIFA rasmiy saytidagi 18 noyabr holatiga ko'ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 1418,10 ochko bilan 60-o'rinni egallab turibdi.
O'zbekiston terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lib, 3,86 reyting ochkosini yo'qotgandi. Natijada jamoa 1412,75 ochko bilan 59-o'rindan 61-pog'onaga tushgan.
17 noyabr kuni Dohada Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alaba esa O'zbekistonga 5,35 reyting ochkosini taqdim etdi. SHu tariqa, jamoaning umumiy ochkolari 1418,10 taga etib, jonli reytingda 60-o'ringa ko'tarildi.
Qayd etish joiz, O'zbekiston noyabr oyidagi ikki o'rtoqlik uchrashuvi yakunida reyting ochkolarini 1,49 taga oshirgan. Biroq boshqa terma jamoalar natijalari sababli avvalgi 59-pog'onasiga hali qayta olmagan.
Fikrlar