18 noy 12:42
Yangiliklar
Rossiyani chetlashtirgan xalqaro xokkey federaciyasi sayti buzib kirildi
SHveciyaning SVT nashriga tayanib, bu haqda "Meduza" xabar berdi.
17 noyabr kuni ertalab sayt bosh sahifasida bir necha daqiqa davomida maxsus banner ko'rinib turgan. Unda rossiyalik xokkeychi Ilya Kovalchukning 2008 yilgi Jahon chempionatida Kanada darvozasiga g'alaba golini urganidan keyingi surati aks etgan. Surat ostiga: "Rossiya bilan yuzlashishdan qo'rqasizmi? Siz mag'lub eta olmaydigan yagona jamoani chetlatdingiz", deb yozilgan.
Ko'p o'tmay, sayt ishlamay qolgan. O'shanda sahifada texnik ishlar olib borilayotgani haqida bildirishnoma ko'ringan.
15 noyabr kuni IIHF Rossiya terma jamoasi Kanadada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashmasligini rasman malum qilgan edi. Bu qaror Kanada hukumati rossiyalik xokkeychilarga mamlakatga kirish vizasi berilmasligini bildirganidan so'ng qabul qilingan.
Fikrlar