18 noy 10:07
Yangiliklar
UFC muxlislari Kormeni sharhlovchilikdan bo'shatishni talab qilmoqda
Kormeni chetlatish talabi bilan tuzilgan peticiya Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 334 turniridan keyingi kuniyoq paydo bo'lgan va uning tashabbuskori parodiyalari va taxminlari bilan tanilgan mashhur ingliz tilli MMA akkaunti "Tony Has Died" bo'lgan.
Internetda joylashtirilgan hujjatda Korme ishiga nisbatan ko'plab etirozlar keltirilgan, jumladan, xolislikning yo'qligi, janglar vaqtida bo'layotgan voqealarga etarlicha etibor qaratmaslik va hatto ish joyida ovqatlanish kabi ayblovlar ham mavjud.
"Daniel Kormening sharhlari ko'pincha xolis emasligi, chalg'iganligi va jangdagi haqiqiy voqealarga mos kelmasligini ko'rsatadi. Uning yakkakurashchilarni yoqlashi deyarli har doim u sharhlaydigan janglarga tasir qiladi, efirda ovqatlanishi va boshqa narsalar haqida gaplashishi esa oktagondagi voqealardan chalg'itadi. U noto'g'ri bayonotlar berganda, tomoshabinlar jangning borishi haqida buzilgan tasavvurga ega bo'lishlari mumkin.
Bu muammolar, ayniqsa, UFC 334 turnirida, jumladan, kechaning asosiy jangi va Medich hamda Xolland o'rtasidagi bahsda yaqqol ko'zga tashlandi. Va bu Kormening sharhlovchi sifatida yomon ishlagan birinchi holati emas. Umuman olganda, bu kamchiliklar uni UFC sharhlovchilar jamoasi uchun noloyiq insonga aylantiradi. Biz tashkilot rahbariyatidan muxlislar fikrini inobatga olib, uni janglarga etibor qaratadigan, o'z baholarida aniq va xolis bo'lgan sharhlovchiga almashtirishni so'raymiz", — deyiladi peticiyada.
Material chop etilishi vaqtida peticiyani 5519 kishi imzolagan. 47 yoshli Daniel Korme 2020 yilda professional faoliyatini yakunlaganidan buyon UFC sharhlovchilar jamoasining doimiy azosi hisoblanadi.

Fikrlar