18 noy 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkov UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Rossiyalik og'ir vaznli jangchi Aleksandr Volkov UFC`dagi faoliyatini davom ettiradi.
"Aleksandr bir nechta jang uchun yangi shartnomaga imzo chekdi. Albatta, u avvalgisidan yaxshiroq va biz hozirdanoq Aleksandr uchun chempionlik jangini muhokama qilyapmiz", - dedi Volkovning menejeri Ivan Bannikov "Match TV"ga bergan intervyusida.
Ayni paytda 38 yoshli Aleksandr Volkov UFC reyting-ro'yxatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Promoushen doirasida rossiyalik 20 ta jangning 15 tasida (2016 yildan buyon) zafar quchgan.
So'nggi jangida Volkov hamyurti Rizvan Kuniev ustidan ishonchli g'alaba qozongan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar