So’nggi yangiliklar

16:48Махачқалъада самбо бўйича Россия чемпионати совриндори отиб кетилди. Нималар маълум? 0 16:19Мераб Двалишвили: «Усман ва Умар эркак эмас» 0 15:45Асламжон Ортиқов чемпионлик реванши олдидан ўтган жангдаги хатосини эслади 0 15:17Почеттино АҚШ терма жамоаси ярим ҳимоячисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи 0 14:46Олти ой ўрнига олти кун! Нурмагомедовларни қамоқдан Хабиб қутқариб қолдими? 0 14:15Ўзбекистонда велоспорт билан шуғулланувчилар сони 2030 йилгача 30 мингга етказилади 0 13:44Муҳиддин Мамажонов Қозоғистонда жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:13"Нефтчи" – "Ал Ҳилол" учрашувини бошқарадиган ҳакам маълум бўлди 0 12:42Расман: БАА ҳукумати Усман Нурмагомедов иши бўйича ўз қарорини эълон қилди 0 12:11Жаҳон бокси юлдузлари Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 11:40Дана Уайт мағлубияти йўқ гиёҳванд UFC жангчиси ҳақида гапирди 0 11:09Қатардаги йиғинда Шомуродов, Исмоилов ва Неманов қатнашмаяпти 0 10:38Жервонта Дэвис боксга қайтишини эълон қилди, рақиб ҳам маълум + ПОСТЕР 0 10:07Белал Муҳаммад Усманнинг БААда ҳибсга олинишига изоҳ берди 0 09:36Шара Буллет Криштиану Роналду унга берган маслаҳат ҳақида гапирди 0

17 noy 16:48
Yangiliklar

Sambo

Maxachqalada sambo bo'yicha Rossiya chempionati sovrindori otib ketildi. Nimalar malum?

Teglar :  Sambo
Nomalum shaxslar banket zali yaqinida sportchiga qarata o'q uzgan.

31 yoshli Vacilov Davudov 14 noyabr kuni Maxachqalada vafot etdi.

«Izvestiya» xabar berishicha, sambo bo'yicha Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori boshidan o'q jarohati olgan. Uni shifoxonaga olib borishga urinishgan, ammo hayotini saqlab qolishning iloji bo'lmagan.

Qotillik haqida nimalar malum?

«Izvestiya» va «112» Telegram-kanali malumotlariga ko'ra, hodisa Maxachqaladagi «Marakesh» banket zali yaqinida sodir bo'lgan. Davudov bayram tadbirida bo'lgan, ko'chaga chiqqanida esa o'tib ketayotgan mashinadan unga qarata o'q uzishgan.

Hujum qilganlar qora rangli Toyota Camry mashinasida harakatlangan bo'lishi mumkin. O'qlardan biri sportchining boshiga tekkan. Otishmadan keyin mashina voqea joyidan qochib ketgan. Guvohlar jarohatlangan Davudovni o'zlari tibbiyot muassasasiga olib borishga urinishgan. OAV xabarlariga ko'ra, u shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Manba malumotida aytilishicha, policiya gumonlanuvchilarni qidirish uchun «Perexvat» rejasini elon qilgan. Rossiya Tergov qo'mitasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi («Qotillik») bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atgan. Nashrning dastlabki malumotlariga ko'ra, hujumdan oldin mahalliy aholi vakili bilan mojaro bo'lgan.

Hujum qilganlarning shaxsi va voqeaning aniq tafsilotlari hozircha malum emas. Gumonlanuvchilar qo'lga olingani haqida xabar berilmagan, jinoyat sababi esa rasman ochiqlanmagan.

Vacilov Davudov kim bo'lgan?

Davudov 1995 yil 29 martda Dog'istonning Tlyarata tumanidagi Gindob qishlog'ida tug'ilgan. 2009 yilda Maxachqalaga ko'chib o'tib, dzyudo bilan jiddiy shug'ullana boshlagan. Uni sport to'garagiga dzyudo va sambo bilan shug'ullangan akasi Najibula olib borgan. Vacilovning ustozlaridan biri Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy SHamil Aliev bo'lgan.

Davudov Rossiya miqyosidagi ilk yirik yutug'ini 2015 yilda qo'lga kiritib, 23 yoshgacha bo'lgan dzyudochilar o'rtasidagi mamlakat birinchiligida bronza medaliga sazovor bo'lgan. Keyingi mavsumda Orenburgda o'tgan Evropa kubogida g'olib chiqib, finalda Rustam Amirmetovni mag'lub etgan.

Keyingi yillarda u sambo va dzyudo bo'yicha musobaqalarda qatnashgan. 2020 yil dekabr oyida SHimoliy Kavkaz federal okrugi sambo chempionligini qo'lga kiritgan, 2022 yil mayida esa og'ir vaznda dzyudo bo'yicha Dog'iston chempioni bo'lgan.

Davudovning eng katta yutuqlaridan biri — 2023 yilda sambo bo'yicha Rossiya chempionatida 98 kilogrammdan yuqori vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgani. Permda o'tgan musobaqada u Artyom Osipenko, Anton Brachev va Stepan Soldatenkov bilan birga sovrindorlar qatoriga kirgan. SHu yili Vacilov xalqaro musobaqalarda Rossiya sharafini himoya qilgan.

Dzyudo bo'yicha ham u Rossiya kubogi sovrindorlaridan bo'lgan. Xususan, 2024 yilda Tyumen shahridagi musobaqada bronza medalini qo'lga kiritgan. Sportchi so'nggi yillarda ham musobaqalarda ishtirok etishda davom etgan: 2025 yil mayida Nazranda Magomed Parchiev xotirasiga bag'ishlangan umumrossiya turnirida uchinchi o'rinni egallagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing