17 noy 13:13
Yangiliklar
Futbol
"Neftchi" – "Al Hilol" uchrashuvini boshqaradigan hakam malum bo'ldi
Farg'onaning "Neftchi" hamda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klublari o'rtasidagi Elit Osiyo CHempionlar Ligasi turniri 5-tur uchrashuvida kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi.
O'yinga bosh hakam etib Abdulloh Jamol tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Saud al-SHemali va Ali Jroq yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini Ammor Ashkana bajaradi.
VAR hakami etib Abdulloh Arab, uning yordamchisi sifatida esa Abdulloh al-Kandari tayinlangan.
Musobaqaning to'rt turidan keyin "Al Hilol" 9 ochko bilan G'arb mintaqasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Neftchi" esa 4 ochko bilan to'qqizinchi pog'onada joylashgan.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Al Hilol" uchrashuvi 23 noyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

Havola :
Fikrlar