17 noy 07:32
Yangiliklar
SHarifa Davronova uch xatlab sakrash bo'yicha AQSH reytingida ikkinchi o'rinda qayd etildi!
Reytingga professional sportchilardan tashqari, AQSH kollejlari talabalari, eng kuchli maktab o'quvchilari, shuningdek, AQSH hududidagi universitet va klublar nomidan ishtirok etadigan xorijlik sportchilar ham kiritiladi.
Quvonarlisi, Women’s 2026 United States Top 10 Track & Field Performance List ro'yxatida uch xatlab sakrash bo'yicha O'zbekiston vakilasi, Osiyo o'yinlari g'olibi SHarifa Davronova 14,35 metrlik natija bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Undan yuqorida bolgariyalik sakrovchi Aleksandra Nacheva — 14,40 metr natija qayd etgan. Biroq bu natija ruxsat etilgan meyordan yuqori bo'lgan, sekundiga +3,4 metrlik eldosh shamol sharoitida qayd etilgan.
SHu bilan birga, Nachevaning mavsumda ruxsat etilgan shamol sharoitida ko'rsatgan eng yaxshi natijasi SHarifaniki bilan bir xil — 14,35 metr.
Demak, SHarifa Davronova 2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, AQSH reytingida uch xatlab sakrash bo'yicha eng kuchli ikki sportchidan biri hisoblanadi.
Fikrlar