16 noy 16:50
Yangiliklar
Norvegiya rossiyalik va belaruslik sportchilarning musobaqalar uchun mamlakat hududiga kirishini taqiqlaydi
Bu haqda hukumatning rasmiy saytida xabar berildi.
Qarorga ko'ra, Adliya va jamoat xavfsizligi vazirligi Immigraciya boshqarmasi va policiyaga tegishli ko'rsatma yuboradi. Yangi tartib yaqin vaqt ichida kuchga kiradi.
Hukumat bayonotida Rossiya sporti mamlakat hokimiyati va davlat tuzilmalari bilan chambarchas bog'liqligi qayd etilgan. SHu bois, Norvegiya hukumati fikricha, Rossiyaning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini Ukrainadagi urushdan alohida ko'rib bo'lmaydi.
Norvegiya bu qarorni Finlyandiya rossiyalik sportchilarning mamlakatga kirishini cheklashini elon qilganidan bir kun o'tib qabul qildi. Finlyandiya tegishli qarorini 12 noyabr kuni bildirgan edi. Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) esa cheklovni qo'llab-quvvatlamadi. Tashkilot sportchilar o'z hukumatlarining xatti-harakatlari uchun javobgar bo'lmasligi kerakligini takidladi.
Fikrlar