16 noy 15:17
Yangiliklar
SHaxmat
Gukesh jahon toji uchun match oldidan Javohir Sindarov haqida gapirdi
Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju Davogarlar turniri g'olibi Javohir Sindarovga qarshi matchda o'z unvonini himoya qilishga urinib ko'radi.
U bir haftadan so'ng start oladigan tarixiy match haqida besh karra jahon chempioni, afsonaviy Vishvanatan Anand hamda ChessBase India jurnalisti Sagar SHah bilan suhbatda gapirdi.
"Sindarovdan o'rgangan jihatlarimdan biri — u shaxmat o'ynayotganda juda baxtli ko'rinadi. SHu bilan birga, boshqa qiziqarli ishlar bilan ham shug'ullanadi. Menimcha, bu menga ham ilhom beradi", dedi Gukesh.
Gukesh Dommaradju va Javohir Sindarov o'rtasidagi Jahon chempionligi matchi 24 noyabrdan 12 dekabrgacha SHveycariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tadi. Birinchi partiya 24 noyabr kuniga belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar