08 noy 07:32
Yangiliklar
SHaxmat
Sindarov va Gukesh matchida vaqt nazorati malum bo'ldi
Javohir Sindarov va Gukesh Dommaradju o'rtasidagi shaxmat bo'yicha Jahon chempionligi o'yinining vaqt nazorati elon qilindi.
Har bir partiyada dastlabki 40 yurish uchun har bir shaxmatchiga 120 daqiqadan vaqt beriladi. 40-yurishtan so'ng partiya yakuniga qadar yana 30 daqiqa qo'shiladi.
41-yurishdan boshlab esa har bir yurish uchun 30 soniyadan qo'shib boriladi. SHu sabab ayrim partiyalar 5 soatdan ham uzoq davom etishi mumkin.
Jahon chempionligi matchi 24 noyabrdan 12 dekabrgacha SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkaziladi. Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat bo'ladi.
Birinchi bo'lib 7,5 ochko to'plagan shaxmatchi Jahon chempioni bo'ladi. Agar asosiy match 7:7 hisobida yakunlansa, g'olib tay-breyk orqali aniqlanadi.
Matchning umumiy sovrin jamg'armasi 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar