07 noy 17:15
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Yakubboev Freestyle Friday g'olibi!
Nodirbekka yutqazgan rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy turnirda ikkinchi o'rinni egalladi.
Hamyurtimiz 11 turda 9,5 ochko to'plab, yakka peshqadam sifatida musobaqani birinchi o'rinda yakunladi va 400 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi.
Yakubboev turnir davomida 9 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi. Ushbu g'alabalar orasida Yan Nepomnyashiy, Hans Niemann va Gata Kamskiy kabi taniqli grossmeysterlar ustidan erishilgan natijalar ham bor.
Turnirning yakuniy natijalari:
1. Nodirbek Yakubboev — 9,5 ochko
2. Yan Nepomnyashiy — 9 ochko
3. Nils Grandelius — 8 ochko


Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar