23 okt 11:57
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov 2027 yilda ham NAVI safida qoladi
Ukrainaning Natus Vincere (NAVI) kibersport klubi o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bilan shartnoma uzaytirilganini rasman elon qildi.
U 2027 yilda ham klub safida xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.
Abdusattorov NAVI safiga 2025 yil fevralida qo'shilgan edi.
SHundan buyon o'zbekistonlik shaxmatchi klub nomidan ikki marta Esports World Cup musobaqasida qatnashdi. U har ikki turnirda ham 5–8-o'rinlarni egalladi.
Endi Abdusattorov 2027 yilda ham NAVI sharafini himoya qiladi. Uning navbatdagi Esports World Cup musobaqasida ham klub safida qatnashishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar