07 noy 10:07
Yangiliklar
Sambochilarimiz Jahon chempionatining birinchi kuni 6 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTOGALEREYA
Jahon chempionatida sayyoramizning 101 davlatidan sambochilar ishtirok etmoqda. Dunyo birinchiligining birinchi kuni erkaklar hamda ayollar o'rtasida bir nechta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
O'zbekiston terma jamoasi ilk kungi bellashuvlarda 6 ta medal qo'lga kiritdi, shundan 2 tasi oltin! Mavluda Abdullaeva (+88 kg) va O'lmas Raismov (-98 kg) o'z vaznlarida chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi, ular sharafiga O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
CHempionlar 4000, kumush medal egalari 3000, bronza medal sohiblari esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqishdi.
Jahon chempionati. Birinchi kun natijalari
Sport sambosi – erkaklar:
-58 kg vazn toifasi
1. CHidrashvili Vaxtangi (Gruziya).
2. Burdz Vladislav (Belarus).
3. Obolbekov Kimal (Qirg'iz Respublikasi).
3. Pshenichnix Aleksandr (Rossiya).
-79 kg vazn toifasi
1. Xarkov Ivan (Bolgariya).
2. SHatveryan Boris (Armaniston).
3. Ulanbekov Feliks (Qirg'iz Respublikasi).
3. Romanov Maksim (Belarus).
Sport sambosi – ayollar.
-50 kg vazn toifasi
1. Kapaeva Anfisa (Belarus).
2. Emelyukova Sofiya (Rossiya).
3. Ganbaatar Byambasuren (Mo'g'uliston).
3. Gedes Mariya Amelina (Venesuela).
Jangovar sambo – erkaklar.
-64 kg vazn toifasi
1. Avazberdiev Sanjarbek (Turkmaniston).
2. Mixno Evgeniy (Belarus).
3. Nersesyan Mayis (Armaniston).
3. Boqiev Bahodir (O'zbekiston).
-88 kg vazn toifasi
1. Volkov Demid (Rossiya).
2. Tolibzoda Xalid (Tojikiston).
3. Davidenko Petro (Ukraina).
3. Egnatashvili Giorgi (Gruziya).
Jangovor sambo – ayollar.
+88 kg.
1. Abdullaeva Mavluda (O'zbekiston).
2. Asankizi Nurila (Qozog'iston).
3. Savadogo Eva-Mari (Burkina-Faso).
3. Demchenko Anastasiya (Ukraina).
Sambo ko'zi ojizlar o'rtasi – erkaklar.
-64 kg vazn toifasi
1. Demidov Andrey (Rossiya).
2. Abdurahmonov Isoqjon (O'zbekiston).
3. Du Nasimentu Mekvias (Braziliya).
3. Moldobekov Suymonkul (Qirg'iz Respublikasi).
-79 kg vazn toifasi
1. Gamdjashvili Giorgi (Gruziya).
2. Nazarov SHoxrux (Tojikiston).
3. Banitaba Xoram Abadi Seyed Meysam (Eron).
3. Moreno Elder (Venesuela).
-98 kg vazn toifasi
1. Raimov O'lmas (O'zbekiston).
2. Xuseynov Rajab (Tojikiston).
3. Jarilkassin Miras (Qozog'iston).
3. Kipshidze Ramini (Gruziya).
Sambo ko'zi ojizlar o'rtasida – ayollar.
-50 kg vazn toifasi
1. Rak Nadejda (Kirg'iz Respublikasi).
2. Ortiqova CHaros (O'zbekiston).
3. Omarbek Gulnaz (Qozog'iston).
-59 kg vazn toifasi
1. Nasirova Alsu (Rossiya).
2. CHerney Ina (Moldova Respublikasi).
3. Ukayyat Suleymon (Nigeriya).
3. Boboqulova Nasiba (O'zbekiston).



























Suratlar muallifi - Dildora RUSTAMOVA, o'z foto muxbirimiz
Fikrlar