07 noy 08:03
Yangiliklar
Karlos Prates Islam Maxachev bilan jang uchun so'nggi muddatni belgiladi
"Nima uchun Maxachev faoliyatini yakunlash haqida gapiryapti? Balki u etarlicha pul topgan va shunchaki o'z yurtida oilasi bilan vaqt o'tkazishni, yaqinlariga g'amxo'rlik qilishni xohlar. Har kim ham shunday qilishi kerak. Bir payt kelib, to'xtab, oilaga, sog'liqqa va boshqa narsalarga etibor qaratish lozim.
O'ylaymanki, u to'g'ri yo'l tutyapti, lekin bu holatda kamarni bo'shatib qo'yishi kerak. Hozir emas, albatta. Biz vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilamiz, lekin undan keyin, Ramazondan so'ng, biz iyun oyida yoki shunga yaqin vaqtda birlashtiruvchi jang o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Va agar u: "Men hali tayyor emasman", desa, unda u to'xtab, faoliyatini yakunlashi darkor. Iyun – so'nggi muddat!", – dedi Prates Squawka nashriga bergan intervyusida.
30 yanvar kuni Torontoda bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirida Karlos Prates mag'lubiyatsiz ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi jang o'tkazadi. U vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritish va Islam Maxachev bilan jang qilish huquqini olishiga harakat qiladi.

Fikrlar